Quyidagilar avtobuslarda yo'lovchilar tashish xavfsizligini ta'minlashda harakat qatnashchilari tomonidan:
yo'l harakati qatnashchilarining xulq-atvori va o'zaro munosabatlarini;
avtobuslarning haydovchilari malakasini;
avtobuslarning texnik holatini;
avtomobil yo'llari, ko'chalar, yo'l inshootlari va temir yo'l kesishmalarini saqlashni;
yo'l belgilari, yo'l harakatini tartibga solish boshqa vositalarini o'rnatish va saqlash tartibini;
avtomobil yo'llari, ko'chalardagi xavfli uchastkalarni tezkorlik bilan aniqlash va ularni bartaraf etish tartibini;
yo'l-transport hodisalarini aniqlash va ularni bartaraf etishni tartibga soluvchi normativlar va qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish Yo'llarda harakatlanish xavfsizligi davlat xizmati bo'linmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi.
Avtobuslarda yo'lovchilar tashishni tartibga soluvchi ko'rsatib o'tilgan normativlar va qoidalar bajarilmagan taqdirda, Yo'llarda harakatlanish xavfsizligi davlat xizmati tomonidan ularni bartaraf etish, zarur hollarda avtobus harakatini to'xtatish chora-tadbirlari ko'riladi.
lex.uz’dagi asl matnAvtomobil transportida yo'lovchilar va bagaj tashish qoidalari (VM qarori №482, 2003)
I2-7-band. I. Umumiy qoidalar — I2-7-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.