Avtomobil transportida yo'lovchilar va bagaj tashish qoidalari (VM qarori №482, 2003)

I2-68-band. IX. Umumiy foydalaniladigan yo'nalishlarni ochish, yopish va vaqtincha to'xtatib turish — I2-68-band

Yangi yo'nalishlarini ochishda yo'l harakati xavfsizligi maqsadida temir yo'ldan kesib o'tishni inkor qiluvchi yechim izlanishi kerak. Agar buning iloji bo'lmagan taqdirda avtotransport vositalarining temir yo'l kesishmasi orqali harakatlanishiga yo'nalishni tekshiruvchi komissiya taqdimnomasiga ko'ra, temir yo'l boshlig'i yoki temir yo'llarni kesib o'tish yo'llari tasarrufida bo'lgan tashkilot rahbarining ruxsati bilan yo'l qo'yiladi. Shaharlarda umumiy uzunligiga ko'ra bir-birini 50 foizdan ko'p bo'lgan masofa oralig'ida takrorlovchi avtobus bilan yo'nalishli taksi yo'nalishlari ochilishiga yo'l qo'yilmaydi; Shahar va shahar atrofida yangi yo'nalishlarni tashkil qilishda yo'nalish sxemasi bir-birini 50 foizdan ko'p bo'lgan masofa oralig'ida takrorlash holatlarini inkor qiluvchi yechim izlanishi kerak. Bunda avtobus yo'nalishlari ustuvor ahamiyatga ega bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.