Vakolatli organlar tomonidan mavjud yo'nalishni ochish, o'zgartirish yoki yopish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqishda quyidagilar e'tiborga olinadi:
a) yo'nalishlar tarmog'ida olib borilgan o'rganishlar asosida mavjud yo'nalishlarni optimallashtirish zarurati;
b) avtomobil yo'llari, ko'chalar, sun'iy inshootlar, temir yo'l kesishmalari, yo'llarni tartibga solish elementlarining ekspluatatsiya holati va texnik xizmat ko'rsatish darajasining yo'l harakati xavfsizligi va yo'lovchilar harakati talablariga mosligi (mos kelmasligi);
v) Transport vazirligining tegishli hududiy boshqarmalari hamda tashuvchilar tomonidan o'rganishlar asosida aniqlangan va vakolatli organning dalolatnomasi bilan tasdiqlangan barqaror yo'lovchi oqimining mavjudligi (yo'qligi);
g) yo'nalishlarda yo'l harakati xavfsizligini va yo'lovchilar harakatini ta'minlash, shuningdek yo'l harakati sharoitlarini yaxshilash va yo'l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko'rish imkoniyati mavjudligi (mavjud emasligi);
d) bir-birini takrorlovli yo'nalishlarning mavjudligi (mavjud emasligi).
Yo'nalishlarning harakatlanish jadvalini (jadvallarini) ishlab chiqish va o'zgartirish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqishda yo'nalish bo'yicha aniqlangan va vakolatli organning dalolatnomasi bilan tasdiqlangan yo'lovchi oqimini hisobga olinadi.
Yo'nalishga qo'yilgan avtobuslarning umumiy sig'imi yo'nalishdagi umumiy yo'lovchilar oqimidan kam bo'lmasligi kerak.
lex.uz’dagi asl matnAvtomobil transportida yo'lovchilar va bagaj tashish qoidalari (VM qarori №482, 2003)
I2-67²-band. IX. Umumiy foydalaniladigan yo'nalishlarni ochish, yopish va vaqtincha to'xtatib turish — I2-67²-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.