Avtobus yo'nalishlarini belgilashda yo'lning temir yo'lni kesib o'tishini istisno etuvchi yechimlar qidirilishi kerak.
Bunday yechimga kelish imkoni bo'lmagan istisno hollarda shlagbaumli va shlagbaumsiz amaldagi o'tish joylarida avtobus harakatini (doimiy yoki vaqtincha) ochishga har bir alohida holatda yo'l bo'limi boshlig'ining yoki o'tish joyi bo'ysunishida bo'lgan boshqa tashkilotning ruxsati bilan yo'l qo'yiladi. Bunda shlagbaumsiz o'tish joylarida avtobus harakatiga ular avtomatik svetofor signalizatsiyasi bilan jihozlangandan keyin ruxsat beriladi. Shlagbaumsiz, avtomatik svetofor signalizatsiyasi o'rnatilmagan o'tish joylari bo'yicha avtobus yo'nalishlarini joriy etish taqiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matnAvtomobil transportida yo'lovchilar va bagaj tashish qoidalari (VM qarori №482, 2003)
I2-54-band. VII. Avtobus yo'nalishlaridagi avtomobil yo'llari, ko'chalar, sun'iy inshootlar, temir yo'ldan o'tish joylari, paromlar, bekatlar va boshqa inshootlar — I2-54-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.