Avtomobil transportida yo'lovchilar va bagaj tashish qoidalari (VM qarori №482, 2003)

I2-51-band. VII. Avtobus yo'nalishlaridagi avtomobil yo'llari, ko'chalar, sun'iy inshootlar, temir yo'ldan o'tish joylari, paromlar, bekatlar va boshqa inshootlar — I2-51-band

Avtobus bekatlarining joylashishini tanlash qurilish normalari va qoidalari talablaridan kelib chiqib tashish buyurtmachisi va yo'l tashkilotlari tegishli xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda yo'lovchilarga eng ko'p qulaylikni ta'minlash, avtobus bekatlari ko'rinib turishi zarurligi hamda ularning hududida transport vositalari harakati va piyodalar xavfsizligi shartlariga rioya etilishi kerak. Avtobus bekatlari joylashgan joy shahar (tuman) bosh me'mori, yo'l harakati xavfsizligi davlat xizmati bilan, temir yo'ldan o'tish joylari hududida esa — temir yo'l bo'linmalari bilan kelishiladi va hokimliklar tomonidan tasdiqlanadi. Shaharlarda avtobus bekatlarini obodonlashtirish hokimliklar tomonidan, avtomobil yo'llarida yo'l tashkilotlari tomonidan normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.