Avtomobil transportida yo'lovchilar va bagaj tashish qoidalari (VM qarori №482, 2003)

I2-5-band. I. Umumiy qoidalar — I2-5-band

Quyidagilar O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspektsiyasi muntazam yo'nalishlarda yo'lovchilar tashishda xavfsizlikni ta'minlashdagi asosiy vazifalari hisoblanadi: avtomobillarda tashishni tashkil etish va harakatlanish xavfsizligini ta'minlash bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish; avtomobillarda tashishni amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish; O'zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo'lgan avtomobil transporti sohasidagi xalqaro bitimlar va konventsiyalarning asosiy shartlari va qoidalariga xorijiy va milliy tashuvchilar tomonidan rioya etilishini nazorat qilish; haydovchilarning mehnat va dam olish tartibiga, avtomobil transportida yo'lovchilar va yuklarni tashish qoidalariga, og'ir va hajmi katta o'lchamdagi avtomobil tashuvlari xavfsizligini ta'minlash bo'yicha talablarga rioya etishlari ustidan nazorat; tender shartnomalariga rioya etilishini nazorat qilish, mulkchilikning barcha shakllaridagi tashuvchilar uchun faoliyat ko'rsatishning teng shart-sharoitlarini yaratish.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.