Avtomobil transportida yo'lovchilar va bagaj tashish qoidalari (VM qarori №482, 2003)

I2-15-band. III. Avtobuslarning texnik holati va ulardan foydalanish — I2-15-band

Tog' yo'nalishlarida va ularga tenglashtirilgan yo'nalishlarda foydalanadigan avtobuslar oldingi tumanga qarshi chiroqlar va orqa chiroqlar, g'ildirakning ostiga tashlash uchun kamida 2 ta tayanchga ega bo'lishi kerak. Sayohat-ekskursiyalarga ajratilgan avtobuslarning old tomonida «sayohatchi» va «ekskursiya» degan ko'rsatkich, bir martalik buyurtmalar bo'yicha maxsus tashishlar uchun esa «buyurtma» degan ko'rsatkich o'rnatiladi. Bolalarni tashiydigan barcha avtobuslarda yo'l harakati qoidalarida nazarda tutilgan tanitish belgisi o'rnatilishi kerak. Yo'lovchilarni shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro tashuvchi avtobuslar servis ustaxonasi plombasi bo'lgan nazorat priborlari (taxograf) bilan jihozlangan, xalqaro tashishlarda esa O'zbekiston Respublikasining tanitish belgisiga ham ega bo'lishlari kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.