Yo'lovchi shaharlararo (xalqaro) yo'nalishlardagi avtotransport vositalarida o'zi bilan birga:
a) hajmi 60 sm x 40 sm x 20 santimetr bo'lgan va og'irligi 30 kilogrammdan ortiq bo'lmagan qo'l yukini, shu jumladan qafasga solingan holdagi mayda hayvon va parrandalarni yoki bir juft chang'ini (bolalar chanalarini), 150 santimetrgacha uzunlikdagi buyumni — bepul;
b) bagaj bo'limi (otseki) mavjud bo'lmagan avtobuslarda — hajmi 100 sm x 50 sm x 30 sm. dan ortiq bo'lmagan va og'irligi 60 kilogrammdan ko'p bo'lmagan bagajni bitta joy uchun tarif bo'yicha haq to'lagan holda;
v) bagaj bo'limi (otseki) mavjud bo'lgan avtobuslarda hajmi 100 sm x 50 sm x 20 santimetrdan ortiq bo'lmagan, har birining og'irligi 60 kilogrammdan ko'p bo'lmagan bagajni va 150 santimetrdan 200 santimetrgacha uzunlikdagi buyumlarni — ikkita joy uchun haq to'lagan holda olib yurish huquqiga ega.
lex.uz’dagi asl matnAvtomobil transportida yo'lovchilar va bagaj tashish qoidalari (VM qarori №482, 2003)
72-band. Shaharlararo va xalqaro yo'nalishlarda: — 72-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.