Tashkilotlar tomonidan ularning oldindan sotib olgan transportda yurish hujjatlari avtovokzallar (avtostantsiyalar) kassalariga avtotransport vositasi jo'nashidan 3 sutka oldin qaytarib berilgan taqdirda, agar o'zgacha hol tomonlarning kelishuvida va chiptalarni sotishda e'lon qilinmagan bo'lsa, ularga yurish hujjatlari qiymati, ularning oldindan sotilgani uchun to'lovni chegirgan holda qaytariladi. Yurish hujjatlari ushbu muddatdan kechikib qaytarilganda yo'l haqi qiymatining 15 foizi ushlab qolinadi.
Avtotransport vositasining jo'nashi bekor qilinganda yoki yurish hujjatlarini qaytarilishda ularni qaytarish muddatidan qat'i nazar yo'l haqi qiymati summasi ushlab qolinmaydi.
lex.uz’dagi asl matnAvtomobil transportida yo'lovchilar va bagaj tashish qoidalari (VM qarori №482, 2003)
65-band. 3-§. Avtotransportda yurish shartlari — 65-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.