Avtomobil transportida yo'lovchilar va bagaj tashish qoidalari (VM qarori №482, 2003)

45-band. Shaharlararo va xalqaro yo'nalishlarda: — 45-band

Yo'lovchi avtotransport vositasida yurish uchun chiptalarni: a) joriy kungi reyslarga — shaharlararo (xalqaro) yo'nalishlarning boshlang'ich manzillaridagi kassalardan avtobus jo'naydigan kunda; b) oraliq manzillardagi kassalardan — avtobusda bo'sh o'rinlar mavjudligi to'g'risida ma'lumot olingan vaqtdan boshlab; v) kassadan chiptalar sotish tashkil etilmagan to'xtab o'tish manzilida avtobus jo'nagungacha unga chiqish vaqtida — haydovchidan; g) oldindan chipta sotish kassalaridan (boshlang'ich va oxirgi manzillarda, shuningdek transport-ekspeditorlik va boshqa manfaatdor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan manzillarda) — oldindan chipta sotish jo'nash kuni arafasida to'xtatilgan holda, avtotransport vositasi jo'nashidan 10 sutka oldin sotib olish huquqiga egadir. Boshlang'ich va oraliq manzillardagi kassalarda joriy kungi qatnovlarga chiptalar sotish avtobus jo'nashidan 5 minut oldin to'xtatiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.