Tashish uchun qabul qilingan bagajning yo'qolishi, kamomadi, buzilganligi yoki shikastlanganligi uchun, agar tashuvchilar yo'qolish, kamomad, buzilish yoki shikastlanish ularning aybi bilan bo'lmaganligini isbotlay olmasalar moddiy javob beradilar va zararlarni to'laydilar.
Bagajni tashishda yetkazilgan zarar tashuvchi tomonidan quyidagi miqdorda:
bagaj yo'qolgan yoki kamomadga yo'l qo'yilgan taqdirda — yuk yoki bagajning yo'qolgan yoki yetmagan qiymati miqdorida;
bagajga zarar yetgan (buzilgan) taqdirda — uning qiymati kamaygan summa miqdorida, shikastlangan (buzilgan) bagajni tiklash imkoniyati bo'lmaganda esa, uning qiymati miqdorida;
qiymati e'lon qilingan holda tashish uchun topshirilgan bagaj yo'qolganda — bagajning e'lon qilingan miqdorida to'lanadi.
lex.uz’dagi asl matnAvtomobil transportida yo'lovchilar va bagaj tashish qoidalari (VM qarori №482, 2003)
114-band. 1-§. Tashuvchining javobgarligi — 114-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.