Avtomobil transportida yo'lovchilar va bagaj tashish qoidalari (VM qarori №482, 2003)

109-band. VIII bob. Avtomobil transportida harbiy yo'lovchilarni tashish — 109-band

Harbiylarni tashish hujjatlari avtomobil transportida shahar atrofida, viloyat ichida, viloyatlararo va xalqaro qatnovlarda yo'lovchilarning manzilga borishi va bagajni tashishiga chiptalar olish uchun mo'ljallangan. Harbiylarni tashish hujjatlariga quyidagilar taalluqlidir: a) avtomobil transportida harbiy yuklarni va uy buyumlarni tashish uchun — talabnoma; b) avtomobil transportida viloyat ichi va viloyatlararo qatnovlarda manzilga borish uchun bitta odamga yoki soni ikki kishidan ziyod bo'lgan harbiy komandaga chiptalar olish uchun — talabnoma; v) bagajni tashish uchun — bagaj taloni. Bagaj talonlari jo'nash avtovokzallari (avtostantsiyalari) kassalarida bagaj chiptalariga yoki kvitantsiyalariga almashtiriladi. Barcha turdagi harbiylarni tashish hujjatlari jo'nash shoxobchasi chipta kassalarida umumiy shakldagi chiptalarga, bagaj chiptalariga yoki kvitantsiyalarga almashtiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.