Yo'l harakati qoidalari (VM qarori №172, 2022)

Q1-band. Q1-band

Shunday tartib o'rnatilsinki, unga muvofiq: a) aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari atrofidagi yo'llarda 300 metrgacha bo'lgan masofada 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi. Bunda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Avtomobil yo'llarida inson xavfsizligini ishonchli ta'minlash va o'lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2022 yil 4 apreldagi PQ-190-son qarori bilan tashkil etilgan Yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash sohasidagi respublika komissiyasining qarori asosida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi yo'l harakati qatnovi yuqori bo'lgan va aholi gavjum hududlarda transport vositalari harakatlanishining yuqori tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilanishi mumkin; b) yengil avtomobillarda yuk tashishga ularning tom qismiga o'rnatilgan yukxonadagi yukning balandligi 1 metrdan (maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlarni tashish bundan mustasno) va uzunligi avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmagan taqdirda yo'l qo'yiladi; v) yuk avtomobillari, Yo'l harakati qoidalarida belgilangan ayrim istisnolardan tashqari barcha holatlarda, yo'lning faqat o'ng qatnov qismidan harakatlanishi shart; g) transport vositalarining qayrilib olish joylarida va unga 30 metr yetmasdan yoki o'tib to'xtash taqiqlanadi; d) sutkaning qorong'i vaqtida va yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda velosiped yo'lkasi bo'lmagan holda yo'lning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedchilar nur qaytargichli kamzulda yoki nur qaytaruvchi elementlar bo'lgan ustki kiyimda bo'lishi shart. Bunda ushbu nur qaytaruvchi elementlar boshqa haydovchilarga ko'rinadigan bo'lishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.