Yo'l harakati qoidalari (VM qarori №172, 2022)

I2-4.1.6-band. 4. Buyuruvchi belgilar — I2-4.1.6-band

«Harakatlanish o'ngga yoki chapga». Faqat belgilarda ko'rsatilgan ko'rsatkichlar yo'nalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat beruvchi belgilar qayrilib olishga ham ruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakatlanish yo'nalishiga tegishli ko'rsatkichlarning shakli tushirilgan 4.1.1 — 4.1.6 belgilarini qo'llash mumkin). 4.1.1 — 4.1.6 belgilarining ta'siri yo'nalishli transport vositalariga joriy qilinmaydi. 4.1.1 — 4.1.6 yo'l belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin o'rnatilsa, belgining ta'siri shu kesishmaga joriy qilinadi. Yo'lning qismi boshlanishida o'rnatilgan 4.1.1 belgisining ta'siri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi o'ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo'lga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.