Haydovchi tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasiga ega bo'lishi shart:
«A1» — moped va skuterlar, shuningdek, eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometrdan oshmaydigan, ish hajmi 25 sm³ gacha bo'lgan ichki yonuv dvigateliga ega bo'lgan yoki nominal (belgilangan) quvvati 0,25 kilovattgacha bo'lgan kichik hajmdagi mototransport vositalari (individual harakatlanish vositalari bundan mustasno);
«A» — mototsikllar, elektromototsikllar;
«B» — ruxsat etilgan to'liq vazni 3 500 kilogrammdan oshmaydigan yoki haydovchining o'rindig'idan tashqari o'rindiqlar soni sakkiztadan ortiq bo'lmagan, shuningdek, ular bazasida ishlab chiqarilgan qo'l bilan boshqariladigan avtotransport vositalari, tirkamasining ruxsat etilgan to'liq vazni 750 kilogrammdan ortiq bo'lmagan «B» toifadagi avtotransport vositalari, tirkamasining ruxsat etilgan to'liq vazni 750 kilogrammdan ortiq bo'lgan lekin «B» toifadagi avtotransport vositasining aslahalangan vaznidan ortiq bo'lmagan va avtotransport vositalari tarkibining ruxsat etilgan to'liq vazni 3 500 kilogrammdan ortiq bo'lmagan tirkamali «B» toifadagi avtotransport vositalari;
«C» — ruxsat etilgan to'liq vazni 3 500 kilogrammdan ortiq bo'lgan avtotransport vositalari, tirkamasining ruxsat etilgan to'liq vazni 750 kilogrammdan ortiq bo'lmagan «C» toifadagi avtotransport vositalari;
«D» — yo'lovchi tashishga mo'ljallangan, haydovchi o'rindig'idan tashqari o'rindiqlar soni sakkiztadan ortiq bo'lgan avtotransport vositalari, tirkamasining ruxsat etilgan to'liq vazni 750 kilogrammdan ortiq bo'lmagan «D» toifadagi avtotransport vositalari;
«BE» — tirkamasining ruxsat etilgan to'liq vazni 750 kilogrammdan ortiq yoki tirkamasining ruxsat etilgan to'liq vazni jihozlangan avtotransport vositasining vaznidan ortiq bo'lgan «B» toifadagi avtotransport vositalari, tirkamasining ruxsat etilgan to'liq vazni 750 kilogrammdan ortiq lekin transport vositalari tarkibining ruxsat etilgan to'liq vazni 3 500 kilogrammdan ortiq bo'lmagan «B» toifadagi avtotransport vositalari;
«CE» — tirkamasining ruxsat etilgan to'liq vazni 750 kilogrammdan ortiq bo'lgan «C» toifadagi avtotransport vositalari;
«DE» — tirkamasining ruxsat etilgan to'liq vazni 750 kilogrammdan ortiq bo'lgan «D» toifadagi avtotransport vositalari hamda bo'g'imli avtobuslar.
Tramvay haydovchisiga faqat tramvay, trolleybus haydovchisiga faqat trolleybus boshqarishga ruxsat etiladi.
Tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi, eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi bo'lsa uning taloni mavjud bo'lganda, o'ziga tegishli bo'lmagan transport vositasini, uning egasi yonida bo'lganida yoxud avtomototransport vositasidan foydalanish va ularni tasarruf etish to'g'risidagi ishonchnomasi bo'lgan shaxs ishtirokidagina (ularning roziligi bilan) boshqarish mumkin, agar transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha sug'urta polisi ushbu transport vositasidan cheklanmagan shaxslarning foydalanilishini hisobga olgan holda tuzilgan yoki transport vositasini boshqarayotgan shaxs sug'urta polisida ko'rsatilgan bo'lsa.
Transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha haydovchilar soni cheklangan holda foydalanish sharti bilan rasmiylashtirilgan sug'urta polisida ko'rsatilgan yoki haydovchilar soni cheklanmagan holda foydalanish sharti bilan rasmiylashtirilgan sug'urta polisi mavjud bo'lganda transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) ushbu transport vositasidan mustaqil foydalanishi va uni boshqarishi mumkin. Bunda haydovchining transport vositasi egasining yaqin qarindoshi ekanligi DYHXX xodimlari tomonidan aniqlanadi.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati qoidalari (VM qarori №172, 2022)
8-band. 2-bob. Haydovchilarning umumiy vazifalari — 8-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.