Yo'l harakati qoidalari (VM qarori №172, 2022)

50-band. 8-bob. Ogohlantiruvchi va avariya (xavf-xatar) ishoralari — 50-band

Burilishni ko'rsatuvchi barcha yorug'lik ishoralarining bir vaqtda miltillashi avariya (xavf-xatar) ishorasi hisoblanadi. Avariya ishorasi quyidagi hollarda yoqilishi kerak: yo'l-transport hodisasi sodir bo'lganda; to'xtash taqiqlangan joylarda majburiy to'xtaganda; fara chiroqlari yorug'ligi haydovchining ko'zini qamashtirganda; shatakka olishda (shatakka olingan mexanik transport vositasida); «Bolalarni tashish» taniqlik belgilariga ega bo'lgan transport vositasiga bolalar chiqayotganda va undan tushayotganda. Transport vositasi xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan boshqa hollarda ham haydovchi yo'l harakati ishtirokchilarini ogohlantirish maqsadida avariya ishorasini yoqishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.