Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi ma'noni bildiradi:
Qo'llari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda:
chap va o'ng yon tomonidan tramvayga to'g'riga, relssiz transport vositalariga to'g'riga va o'ngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat beriladi;
old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi.
O'ng qo'li oldinga uzatilganda:
chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo'nalishlarda;
oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat o'ngga harakatlanishga ruxsat beriladi;
orqa tomonidan va o'ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi;
piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat etiladi.
Qo'lini yuqoriga ko'targanda:
ushbu Qoidalarning 42-bandida ko'rsatilganidan boshqa hollarda transport vositalari va piyodalarning barcha yo'nalishlarda harakatlanishi taqiqlanadi;
tartibga soluvchi haydovchi va piyodalarga tushunarli bo'lgan boshqa ishoralarni ham berishi mumkin. Ishoralar yaxshi ko'rinishi uchun tartibga soluvchi jezl yoki yorug'lik qaytaradigan qizil rangli moslamalarni qo'llashi mumkin. Shuningdek, tartibga soluvchi o'z faoliyatini maxsus moslama (tumba) ustida turib olib borishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati qoidalari (VM qarori №172, 2022)
38-band. 7-bob. Svetofor va tartibga soluvchining ishoralari — 38-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.