Yo'l harakati qoidalari (VM qarori №172, 2022)

22-band. 4-bob. Piyodalarning majburiyatlari — 22-band

Yo'nalishli transport vositalarini faqat qatnov qismidan baland joylashgan kutish maydonchalarida, ular bo'lmaganda esa, trotuar yoki yo'l yoqasida kutishlari kerak. Qatnov qismidan baland joylashgan maydonchalar bilan jihozlanmagan bekatlarda yo'nalishli transport vositalari to'liq to'xtagandan so'ng unga chiqish uchun qatnov qismiga chiqishga ruxsat etiladi. Undan tushgandan keyin ushlanib qolmasdan qatnov qismini bo'shatishlari shart. Qatnov qismi bo'ylab bekatlarga borayotgan yoki undan qaytayotgan piyodalar ushbu Qoidalarning 18 — 21-bandlari talablariga amal qilishlari kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.