Yo'l harakati qoidalari (VM qarori №172, 2022)

19-band. 4-bob. Piyodalarning majburiyatlari — 19-band

Tartibga solinmaydigan piyodalar o'tish joylarida, piyodalar yaqinlashayotgan transport vositalarigacha bo'lgan masofani va ularning tezligini chamalab ko'rib, o'tish o'zlari uchun xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilganlaridan so'ng qatnov qismi (tramvay bekati)ga chiqishlari ruxsat etiladi. Shuningdek, piyodalar yo'lni piyodalar o'tish joylaridan tashqarida kesib o'tishda transport vositalarining harakatlanishiga xalaqit bermasliklari, yaqinlashayotgan transport vositalarining yo'qligiga ishonch hosil qilmasdan turib, ko'rinishni cheklovchi to'xtab turgan transport vositasi yoki boshqa biror to'siq panasidan chiqmasliklari kerak. Yo'lning qatnov qismida, shuningdek, piyodalar o'tish joylarida harakatlanayotgan piyodalarga telefondan foydalanish, tele, video mahsulotlarni ko'rish, radio-audio mahsulotlarni eshitish, kitob yoki davriy matbuot o'qish, hamda e'tiborni chalg'itadigan boshqa elektron vositalardan foydalanish taqiqlanadi. Piyodalar to'xtab turgan avtobus va trolleybusning orqa tomonidan, tramvayning esa oldi tomonidan yo'lni kesib o'tishlari shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.