Transport vositalarining texnik holatiga va ulardan foydalanishga javobgar bo'lgan mansabdor va boshqa shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:
texnik nosoz, tegishli ruxsatsiz qayta jihozlangan, belgilangan tartibda ro'yxatdan va davlat texnik ko'rigidan o'tkazilmagan yoki tegishli hujjatlarsiz transport vositalarini yo'lga chiqarish;
mastlik (giyohvandlik moddalar, alkogol va boshqalar) holatida yoki sezgirlik va e'tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta'sirida, yo'l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan charchoqlik yoki betoblik holatida, shuningdek tegishli toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqi bo'lmagan, belgilangan muddatda tibbiy ko'rikdan o'tmagan shaxslarni transport vositasini boshqarishga qo'yish;
zanjirli traktorlarni va boshqa o'ziyurar uskunalarni harakatlanish uchun asfalt yoki tsement-beton qoplamali yo'llarga chiqarish.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati qoidalari (VM qarori №172, 2022)
180-band. 29-bob. Mansabdor shaxslarning va fuqarolarning yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash, transport vositalarini yo'lga chiqarish, raqam va taniqli belgilarini o'rnatish bo'yicha majburiyatlari — 180-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.