Mexanik transport vositalarining (tramvaylardan, trolleybuslardan tashqari) va tirkamalarning ko'zda tutilgan joylarida tegishli namunadagi ro'yxatdan o'tkazish davlat raqam belgilari o'rnatilgan bo'lishi shart.
Yuk avtomobillari, tirkamalar (yengil avtomobillar tirkamalaridan tashqari) va avtobuslar (mikroavtobuslardan tashqari) kuzovining orqa devoriga uning davlat raqam belgisi va harflari yozilishi kerak. Raqamning balandligi 300 millimetr, kengligi 120 millimetr, chizig'ining yo'g'onligi 30 millimetrdan kam bo'lmasligi, harflar balandligi esa raqam o'lchamlarining 2/3 qismiga teng bo'lishi kerak.
Tramvaylarga va trolleybuslarga tegishli tashkilot tomonidan ro'yxatga olingan raqamlar yoziladi.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati qoidalari (VM qarori №172, 2022)
175-band. 29-bob. Mansabdor shaxslarning va fuqarolarning yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash, transport vositalarini yo'lga chiqarish, raqam va taniqli belgilarini o'rnatish bo'yicha majburiyatlari — 175-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.