Yo'l harakati qoidalari (VM qarori №172, 2022)

162-band. 27-bob. Yuk tashish — 162-band

Quyidagi shartlarga amal qilinganda yuk tashishga yo'l qo'yiladi: agar yuk haydovchiga tevarak-atrof ko'rinishini cheklamasa; transport vositasini boshqarishni qiyinlashtirmasa va muvozanatini buzmasa; tashqi yoritish asboblari, gabarit fara chiroqlarini va yorug'lik qaytargichlarini, ro'yxatdan o'tkazilganlik davlat raqam belgilari va taniqlik belgilarni, shuningdek, qo'l bilan beriladigan ishoralarni ko'rishini to'smasa; sochiluvchan (qadoqlanmagan) qurilish materiallari, qishloq xo'jaligi mahsulotlari, sanoat va oziq-ovqat tovarlarini, qurilish va maishiy chiqindilarni, shuningdek, boshqa to'kiladigan (issiq asfalt, yirik gabaritli va og'ir yuklardan tashqari) yuklarni N, O3 va O4 toifadagi bortli va o'zi ag'daruvchi avtotransport vositalarida majburiy tartibda amaldagi standartlar asosida brezent (zichligi 660 g/m² dan kam bo'lmagan) yoki polivinilxlorid qoplamali (zichligi 900 g/m² dan kam bo'lmagan) materiallardan tayyorlangan tent bilan bort sathidan oshirmasdan va bortga mustahkam qotirilib, yuza qismi to'liq yopilgan bo'lsa. Bunda tent bortni har tomondan 200±50 mm dan kam bo'lmagan holda yopishi va mahkamlovchi moslamalar bilan qotirilishi lozim; avtotransport vositalarining ochiq yuk tashish platformalarida, issiq asfalt, yirik gabaritli va og'ir yuklardan tashqari, qurilish materiallari, qishloq xo'jaligi mahsulotlari, sanoat va oziq-ovqat tovarlarini, shuningdek, to'kiladigan boshqa yuklarni tashishda yuk majburiy tartibda brezent yoki boshqa qalin material bilan yopilgan bo'lsa; shovqin solmasa, chang ko'tarmasa, yo'lni va atrof muhitni iflos qilmasa; yengil avtomobilning tom qismiga o'rnatilgan yukxonasidagi yukning balandligi 1 metrdan (maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlar va individual harakatlanish vositalarini tashish bundan mustasno) va uzunligi avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmasa. Agar yukning joylashuvi va holati qayd etilgan talablarga javob bermasa, haydovchi yuqorida sanab o'tilgan qoidalar buzilishini bartaraf etish choralarini ko'rishi, buning iloji bo'lmasa, keyingi harakatlanishni to'xtatishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.