Yo'l harakati qoidalari (VM qarori №172, 2022)

145-band. 24-bob. Mexanik transport vositalarini shatakka olish — 145-band

Shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: rul boshqaruvi ishlamayotgan transport vositalarini (qisman ortish usuli bilan shatakka olish bundan mustasno); ikki va undan ko'p transport vositalarini; shatakka olingan va shatakka olgan transport vositalarining ulagich bilan birga umumiy uzunligi 20 metrdan ortiq bo'lsa; ishchi tormoz tizimi ishlamayotgan transport vositasining haqiqiy vazni shatakka olgan transport vositasining haqiqiy vaznining yarmidan ortiq bo'lsa (haqiqiy vazni kam bo'lgan bunday transport vositasini faqat qattiq ulagich bilan yoki qisman ortish usuli bilan shatakka olishga yo'l qo'yiladi); ikki g'ildirakli mototsikl, elektromototsikl, moped, skuter, shuningdek, kichik hajmdagi mototransport vositalari va individual harakatlanish vositalari bilan, shuningdek, bunday mototsikl, elektromototsikl, moped, skuter, shuningdek, kichik hajmdagi mototransport vositalari va individual harakatlanish vositalarini; yo'l yaxmalak, sirpanchiq bo'lgan hollarda egiluvchan ulagichda.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.