Yo'l harakati qoidalari (VM qarori №172, 2022)

13-band. 3-bob. Yo'l-transport hodisasi sodir bo'lganda haydovchining majburiyatlari — 13-band

Yo'l-transport hodisasi sodir bo'lganda unga daxldor haydovchilar quyidagilarni bajarishlari shart: transport vositasini darhol to'xtatishi, avariya ishoralarini yoqishi va avariya sababli to'xtash belgisini Qoidalarning 51-bandi talablariga muvofiq o'rnatishi, transport vositasini va hodisaga daxldor buyumlarni joyidan qo'zg'atmasligi; tan jarohati olganlarga birinchi tibbiy yordam ko'rsatish choralarini ko'rishi, tez tibbiy yordam va favqulodda qutqaruv xizmatlarini chaqirishi, shoshilinch hollarda esa tan jarohati olganlarni yaqin oradagi tibbiyot muassasasiga yo'lakay transport vositasida jo'natishi, buning imkoni bo'lmagan hollarda o'z transport vositasida olib borishi, u yerda o'z ismi-familiyasi, transport vositasining ro'yxatdan o'tkazish davlat raqam belgisi haqida axborot berishi (o'z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni yoki haydovchilik guvohnomasini va transport vositasining ro'yxatdan o'tganligi to'g'risidagi hujjatni ko'rsatishi) va hodisa ro'y bergan joyga qaytib kelishi; agar boshqa transport vositalarining harakatlanishiga to'sqinlik qilsa, dastlab transport vositalarining bir-biriga va yo'l tuzilmalari ob'yektlariga nisbatan joylashgan holatini, hodisaga aloqador buyumlar va izlarni, guvohlar ishtirokida, shuningdek, fotosurat yoki videoyozuv vositalari bilan, turgan o'rnini chizuvchi moslamalar yordamida belgilagan va transport vositasini zarur hollarda aynan shu holatga qayta joylashtirish imkonini beradigan holda qayd etishni amalga oshirishi, ularning yo'qolmasligini va hodisa ro'y bergan joyni aylanib o'tishni tashkil qilishning barcha choralarini ko'rishi, so'ngra qatnov qismini bo'shatishi; hodisa haqida IIOga xabar berishi, guvohlarning ism-familiyasini va yashash manzilini yozib olib, IIO xodimlarining kelishini kutishi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.