Agar velosipedchilar uchun tasma yoki piyoda va velosiped yo'lkasida individual harakatlanish vositalarini boshqarayotgan shaxsning harakati piyodalarning harakatiga xavf tug'dirsa yoki xalaqit bersa, u individual harakatlanish vositalaridan tushib, individual harakatlanish vositalarini yetaklagan yoki tezlikni piyodalar tezligidan oshmaydigan tezlikka pasaytirgan holda harakatni davom ettirishi kerak.
Individual harakatlanish vositalarini boshqargan shaxslarning harakatlanishi piyodalarning harakatlanishi bilan birlashganda, barcha holatlarda piyodalar ustunlikka (imtiyozga) ega.
Velosipedchilar uchun tasma yoki piyoda va velosiped yo'lkasida individual harakatlanish vositalarida harakatlanayotgan shaxslar boshqa mexanik transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati qoidalari (VM qarori №172, 2022)
12³-band. 2-bob. Haydovchilarning umumiy vazifalari — 12³-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.