Yo'l harakati qoidalari (VM qarori №172, 2022)

10-band. 2-bob. Haydovchilarning umumiy vazifalari — 10-band

Respublika hududida harakatlanayotgan xorijiy davlat fuqarosi boshqaruvidagi mexanik transport vositasi haydovchisining yonida yo'l harakati haqidagi Konventsiya talablariga mos keladigan haydovchilik guvohnomasi va transport vositasining (tirkama bo'lsa unga ham) ro'yxatdan o'tganligi haqidagi hujjat, transport vositasida (tirkama bo'lsa unda ham) ro'yxatdan o'tkazish davlat raqam belgisi va u ro'yxatdan o'tgan davlatning taniqlik belgisi bo'lishi shart. Xalqaro yo'llarda yuklarni tashishni amalga oshirayotgan xorijiy davlat fuqarosi hisoblangan haydovchi tegishli yo'l belgisi bilan maxsus jihozlangan nazorat punktlarida transport sohasini nazorat qilish bo'yicha vakolatli xodimlarning talabiga muvofiq to'xtashi va transport vositasini, shuningdek, ruxsatnomani va xalqaro kelishuvlarda nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni tekshirish uchun ularga berishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.