Mehnat shartnomasi bo'yicha ishlayotgan haydovchilar quyidagi huquqlarga ega:
ish beruvchidan harakatlanish yo'nalishi, tashiladigan yuk haqida, o'z hayoti va sog'lig'i uchun mavjud bo'lgan tahdid to'g'risida, shuningdek tashishni amalga oshirish chog'ida zararli va (yoki) xavfli omillar ta'siridan o'zining himoya qilinishiga doir chora-tadbirlar haqida ishonchli axborot olish;
belgilangan talablarga muvofiq shaxsiy himoya vositalari, maxsus kiyim-bosh bilan ta'minlanish;
yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash bo'yicha shart-sharoitlarni yaxshilash bilan bog'liq bo'lgan masalalarni ko'rib chiqishda ishtirok etish;
o'z hayoti va sog'lig'iga tahdid soladigan vaziyat yuzaga kelgan taqdirda, tashishni bajarishni bevosita rahbarini yoki ish beruvchining boshqa vakilini bu haqda xabardor qilgan holda rad etish;
yo'l harakati xavfsizligi sohasida malakasini oshirish va kasbiy qayta tayyorgarlikdan o'tish;
mehnat vazifalarini bajarish chog'ida o'z sog'lig'iga yetkazilgan zararning o'rni qoplanishi;
ish beruvchining yo'l harakati sohasidagi g'ayrihuquqiy qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish.
Mehnat shartnomasi bo'yicha ishlayotgan haydovchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati to'g'risidagi qonun
42-modda. Mehnat shartnomasi bo'yicha ishlayotgan haydovchilarning huquqlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.