Yo'l harakati to'g'risidagi qonun

40-modda. Transport vositalaridan foydalanishga bog'liq faoliyat bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslarga doir asosiy talablar

Transport vositalaridan foydalanishga bog'liq faoliyat bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslar: haydovchilarning ishini yo'l harakati xavfsizligini ta'minlovchi talablarga muvofiq tashkil etishi; haydovchilarning qonunchilikda belgilangan mehnat qilish va dam olish rejimiga rioya etishi; haydovchilarning malakasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi; transport vositalarining sozligini va but saqlanishini ta'minlashi, yo'l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi texnik nosozliklar mavjud bo'lganda transport vositalaridan foydalanishga yo'l qo'ymasligi; o'ziga tegishli transport vositalari ishtirokida sodir etilgan yo'l-transport hodisalarining va Yo'l harakati qoidalari buzilishlarining sabablarini tahlil qilishi hamda ularni bartaraf etish choralarini ko'rishi; tibbiyot xodimlarini jalb etgan holda haydovchilarning tibbiy ko'riklarini, haydovchilarning yo'l-transport hodisalarida jabrlanganlarga hodisa yuz bergan joyning o'zida, tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar birlamchi shoshilinch yordam ko'rsatish bo'yicha ko'nikmalarini takomillashtirishga doir tadbirlarni tashkil etishi va o'tkazishi; xodim o'z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog'liq bo'lgan holda mehnatda mayib bo'lganligi, kasb kasalligiga chalinganligi yoki sog'lig'ining boshqacha tarzda shikastlanganligi munosabati bilan uning hayotiga yoki sog'lig'iga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash bo'yicha o'z fuqarolik javobgarligini «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda sug'urtalashi shart. Transport vositalaridan foydalanishga bog'liq faoliyat bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslar zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin. Avtomobil transportida yoki yer usti shahar elektr transportida yo'lovchilar, bagaj va yuk tashish faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar tashishning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash maqsadida haydovchilarga nisbatan yo'l harakati to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq qo'shimcha talablar qo'yishi mumkin. Yuridik shaxslar transport vositalarining soniga qarab yo'l harakati xavfsizligi bo'yicha xizmatlarni tashkil etadi yoki lavozimlar joriy etadi. Yo'l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining sonini aniqlash normativlari qonunchilikda belgilanadi. Yuridik shaxslar tomonidan o'tkaziladigan yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashga doir tadbirlarni moliyalashtirish ularning o'z mablag'lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.