Yo'llarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlash yo'l harakati sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Qurilgan va rekonstruktsiya qilingan yo'llarning yo'l harakati sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi qonunchilikda belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan aniqlanadi.
Loyihalashtirish bosqichida yo'llarning yo'l harakati sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi uchun javobgarlik yo'l harakatini tashkil etish loyihasini ishlab chiquvchining, qurilish va rekonstruktsiya qilish bosqichlarida esa ishlarni bajaruvchining zimmasiga yuklatiladi.
Yo'llarni ta'mirlash va saqlash chog'ida ularning holati yo'l harakati sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini ta'minlash majburiyati yo'l egalarining zimmasiga yuklatiladi.
Yo'l egalarining o'z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi oqibatida yo'l harakati ishtirokchilariga va transport vositasiga yetkazilgan zararning o'rni qonunchilikda belgilangan tartibda yo'l egalari tomonidan qoplanadi.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati to'g'risidagi qonun
32-modda. Yo'llarni loyihalashtirishga, qurishga, rekonstruktsiya qilishga, ta'mirlashga va saqlashga doir talablar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.