Yo'l harakati to'g'risidagi qonun

3-modda. Yo'l tushunchasi

Transport vositalari va piyodalar harakatlanishi uchun jihozlangan, moslashtirilgan hamda transport vositalari va piyodalarning harakat xavfsizligini ta'minlashga mo'ljallangan yo'l ob'yektlari majmuasini joylashtirish uchun ajratilgan yer uchastkalari hamda yer uchastkalari ustidagi bo'shliq yo'ldir. Yo'llar umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llariga (bundan buyon matnda umumiy foydalanishdagi yo'llar deb yuritiladi), tumanlar (shaharlar), shaharchalar, qishloqlar va ovullarning ko'chalariga, xo'jalik yo'llariga, shahar elektr transporti yo'llariga, velosiped va piyodalar yo'lkalariga ajratiladi. Qishloq joylardan o'tadigan va xo'jaliklarni o'zaro bog'laydigan yo'llar xo'jaliklararo qishloq yo'llaridir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.