Yo'l harakati to'g'risidagi qonun

24-modda. To'xtab turish joylariga doir talablar

(24-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Ko'p kvartirali uylarga tutash hududlarning belgilangan chegaralarida to'xtab turish joylarini qurish to'g'risidagi qarorlar hududni rejalashtirish bo'yicha tasdiqlangan hujjatlarga muvofiq mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadi. Bunda qurilish ishlari shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. To'xtab turish joylarini joylashtirish ekologik xavfsizlikni ta'minlash hamda atrof-muhitga, aholining sog'lig'i va osoyishtaligiga salbiy ta'sirni kamaytirish hisobga olingan holda amalga oshiriladi. To'xtab turish joylarining belgilangan maqsadi va imkoniyatlari (joylar soni) shaharsozlik normalariga va qoidalariga muvofiq belgilanadi. To'xtab turish joylariga bo'lgan ehtiyojlarni aniqlash uchun mazkur hududda foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatilishi uchun zarur bo'lgan transport vositalarining soni, shuningdek ularning kelgusida ko'paytirilishi inobatga olinadi. To'xtab turish joylari yo'l harakatini tashkil etish bo'yicha hujjatlarda ko'rsatilgan ehtiyojga mos keladigan miqdorda tashkil qilinadi. To'xtab turish joylarini ro'yxatga olish yo'l egasi tomonidan amalga oshiriladi. To'xtab turish joylarida to'xtab turish joyining kirish yoki undan chiqish joyiga tutash bo'lgan alohida joylar nogironligi bo'lgan shaxslar boshqaradigan va ushbu shaxslarni tashiydigan transport vositalari uchun qonunchilikka muvofiq majburiy tartibda ajratiladi. Elektr dvigatelda ishlaydigan transport vositalari uchun alohida joylar ajratiladi. Bunday joylarda elektr quvvat manbalariga ulanish imkoniyati yaratilishi mumkin. To'xtab turish joylaridan foydalanishga monelik qiladigan to'siqlarni va boshqa konstruktsiyalarni o'rnatish taqiqlanadi. To'xtab turish joylariga transport vositalarining kirishini, ulardan chiqishini va bu joylarda harakatlanishini tashkil etish maxsus vakolatli davlat organlari bilan kelishilgan loyihaga muvofiq amalga oshiriladi. To'xtab turish joylaridan foydalanuvchilar transport vositalarini joylashtirishda to'xtab turish joylarining egalari tomonidan belgilangan to'xtab turish joylaridan foydalanish qoidalariga rioya etishi shart. Umumiy foydalanishdagi to'xtab turish joylarining egalari to'xtab turish joylaridan foydalanish qoidalarini hamma uchun qulay bo'lgan joylarga tanishib chiqish uchun joylashtirishi shart. To'xtab turish joylaridan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat mazkur to'xtab turish joylarining egalari tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu moddada belgilangan, to'xtab turish joylariga doir talablarga rioya etilishi ustidan nazorat maxsus vakolatli davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.