Yo'l harakati to'g'risidagi qonun

21-modda. Yo'lning ta'mirlash ishlari olib borilayotgan uchastkalarida yo'l harakatini tashkil etish

Yo'l uchastkalarini rekonstruktsiya qilish, kapital ta'mirlash yoki ta'mirlash bo'yicha ishlar bajarilayotganda yo'lning mazkur uchastkalaridagi qatnov qismining ko'pi bilan ellik foizi o'tish uchun cheklanishi yoki yopilishi mumkin. Yo'l uchastkalarida qatnov qismining ellik foizidan ko'prog'ini yopish zarur bo'lgan taqdirda mazkur yo'l uchastkalarini aylanib o'tish ta'minlanishi kerak. Yo'l uchastkalarini rekonstruktsiya qilish, kapital ta'mirlash yoki ta'mirlash bo'yicha ishlar boshlanishidan yoxud yo'l uchastkalarida boshqa ishlar amalga oshirilishidan uch kun oldin va ushbu ishlarni bajarish davrida yo'l harakatini tashkil etishning zarur texnik vositalari o'rnatiladi. Yo'l uchastkalarini rekonstruktsiya qilish, kapital ta'mirlash yoki ta'mirlash bo'yicha ishlarni bajarish to'g'risidagi yoxud yo'l uchastkalarida boshqa ishlarni amalga oshirish haqidagi axborot ommaviy axborot vositalariga oldindan joylashtiriladi. Yo'l uchastkasini rekonstruktsiya qilish, kapital ta'mirlash yoki ta'mirlash bo'yicha ishlarni bajarish chog'ida ushbu ishlarni bajarishga doir shartnomalarda belgilanmagan to'siqlarni o'rnatishga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.