Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar:
yo'l harakatini tashkil etish bo'yicha tadbirlarni amalga oshirishda, shuningdek yo'l-transport hodisalarining profilaktikasida ishtirok etadi;
yo'l harakati to'g'risidagi qonunchilikni, yo'l harakati sohasidagi normativ hujjatlarni takomillashtirish bo'yicha takliflar kiritadi;
yo'l harakati to'g'risidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
davlat hokimiyati organlari va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan yo'l harakati sohasidagi qarorlarni ishlab chiqishda qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ishtirok etadi.
Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati to'g'risidagi qonun
13-modda. Fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolarning yo'l harakati sohasidagi tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etishi
(13-модда биринчи қисмининг бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.