O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati:
maxsus vakolatli davlat organlariga qo'riqlanadigan shaxslar turgan ob'yektlar atrofida hamda ularning harakatlanish yo'nalishlari (doimiy, muntazam va zaxira) bo'ylab yo'l harakatini tashkil etish bo'yicha tadbirlarni ishlab chiqish to'g'risida takliflar kiritadi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
qo'riqlanadigan shaxslar turgan ob'yektlar atrofida hamda ularning harakatlanish yo'nalishlari (doimiy, muntazam va zaxira) bo'ylab rejalashtirilayotgan har qanday turdagi ishlarni bajarishga doir takliflarni ko'rib chiqadi;
qo'riqlanadigan shaxslar turgan ob'yektlar atrofida hamda ularning harakatlanish yo'nalishlari (doimiy, muntazam va zaxira) bo'ylab joylashgan yer osti kommunikatsiya tarmoqlarini, temir yo'llar kesishmalarini, avtomobillarga yoqilg'i quyish stantsiyalarini, yo'l ob'yektlarini ta'mirlash, qurish, rekonstruktsiya qilish bo'yicha loyihalarni ko'rib chiqadi va kelishadi;
qo'riqlanadigan shaxslar turgan ob'yektlar va ularning harakatlanish yo'nalishlari (doimiy, muntazam va zaxira) bo'ylab joylashgan, qurilishi rejalashtirilgan ob'yektlarga olib boruvchi alohida yo'llarni ochish yoki yopish to'g'risida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari kiritadigan takliflarni Davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan o'rganilganidan keyin kelishadi;
qo'riqlanadigan shaxslar turgan ob'yektlar atrofida hamda ularning harakatlanish yo'nalishlari (doimiy, muntazam va zaxira) bo'ylab yo'l harakatini tashkil etishning texnik vositalarini o'rnatish (montaj qilish), almashtirish va olib tashlash bo'yicha takliflarni ko'rib chiqadi;
qo'riqlanadigan shaxslar turgan ob'yektlar hududida hamda ularning harakatlanish yo'nalishlarida (doimiy, muntazam va zaxira) yo'l harakatini tashkil etish hamda yo'l harakati ustidan navbatdan tashqari nazorat olib borish yuzasidan maxsus vakolatli davlat organlariga topshiriqlar beradi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati to'g'risidagi qonun
11-modda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining yo'l harakati sohasidagi vakolatlari
(11-модда биринчи қисмининг бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.