Jarima huquqbuzar tomonidan unga jarima solish to'g'risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o'ttiz kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda – shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi to'g'risida xabar berilgan kundan boshlab o'n besh kundan kechiktirmay to'lanishi lozim, bundan mazkur bandning ikkinchi xatboshisi mustasno.
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan ma'muriy huquqbuzarlik uchun solingan jarimani huquqbuzar jarima solish to'g'risidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab oltmish kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda esa, shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi to'g'risida xabar berilgan kundan e'tiboran o'ttiz kundan kechiktirmay to'lashi lozim.
O'n olti yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan shaxslarning mustaqil ish haqi bo'lmagan taqdirda, jarima ularning ota-onalari yoki ular o'rnini bosuvchi shaxslardan undirib olinadi.
Ma'muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun solingan jarima huquqbuzar tomonidan tegishli bankka to'lanadi, huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o'zida undirib olinadigan jarima bundan mustasno.
Huquqbuzar unga jarima solish to'g'risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o'n besh kun ichida jarima miqdorining ellik foizini yoki o'ttiz kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini ixtiyoriy ravishda to'lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to'lashdan ozod qilinadi quyidagi hollar bundan mustasno:
Kodeksning 131, 132, 136 va 140-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda;
jarima solish to'g'risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;
xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati qoidalari buzilishiga doir ma'muriy ishlarni ko'rib chiqish tartibi (VM qarori №2240)
70-band. V. Yo'l harakati qoidalarining buzilishi to'g'risidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan qarorlarni ijro etish — 70-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.