Ma'muriy huquqbuzarlik maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilmasdan huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning ishtirokisiz mazkur Yo'riqnomaning 1²-ilovasiga muvofiq shakldagi jarima solish to'g'risidagi qaror chiqariladi.
Jarima solish to'g'risidagi qaror maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari qo'llanilgan holda olingan materiallar ilova qilinib, yuridik kuchga ega bo'lgan elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi hamda uni tuzgan vakolatli shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Jarima solish to'g'risidagi qarorning ko'chirma nusxasi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari qo'llanilgan holda olingan materiallar ilova qilinib, elektron hujjatni qog'ozdagi hujjatga aylantirish yo'li bilan tayyorlanadi hamda mazkur qaror chiqarilgan kundan e'tiboran uch kun ichida buyurtma pochta jo'natmasi tarzida huquqbuzarga yuboriladi.
Unda quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi kerak:
qaror chiqarilgan sana va joy, uni chiqargan organning nomi, shaxsning lavozimi va familiyasi, ma'muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs to'g'risidagi ma'lumotlar, ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt, joy va holatlar, Kodeks Maxsus qismining mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi, moddasining qismi ko'rsatilgan holda, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari bilan qayd etilgan transport vositasining huquqbuzarlik sodir etilgan paytdagi davlat raqam belgisi bilan tushirilgan tasviri, qabul qilingan qaror, tayinlangan jarimani to'lash tartibi va muddatlari, ma'muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning huquq va majburiyatlari, shuningdek jarima solish to'g'risidagi qaror xususida shikoyat berishning protsessual tartibi.
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari yoki avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar haqidagi ma'lumotlar (texnik ekspertiza xulosasi, o'lchash vositalarining dalolatnomalari, log-fayllar va boshqa hujjatlar) elektron aloqa tarmog'i orqali real vaqt rejimida «E-maʻmuriy ish» tizimiga konvertatsiya qilish yo'li bilan taqdim etiladi.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati qoidalari buzilishiga doir ma'muriy ishlarni ko'rib chiqish tartibi (VM qarori №2240)
6¹-band. II. Yo'l harakati qoidalarining buzilishi haqidagi hujjatlarni rasmiylashtirish — 6¹-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.