Yo'l harakati qoidalari buzilishiga doir ma'muriy ishlarni ko'rib chiqish tartibi (VM qarori №2240)

6-band. II. Yo'l harakati qoidalarining buzilishi haqidagi hujjatlarni rasmiylashtirish — 6-band

Qoidalarning buzilishi to'g'risidagi ishlar yuzasidan Kodeksning 138-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda (piyodalarning ma'muriy huquqbuzarliklari) elektron yoki qog'oz shakldagi ma'muriy bayonnoma (keyingi o'rinlarda ma'muriy bayonnoma deb yuritiladi) tuzilmaydi. Huquqbuzar piyodaga mazkur Yo'riqnomaning 2-ilovasiga muvofiq shaklda jarima to'laganligi to'g'risida kvitantsiya beriladi. Huquqbuzar piyoda o'ziga solinadigan jarimaga e'tiroz bildirsa yoki unga joyning o'zida solinadigan jarimaning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan oshsa yoxud joyida jarima to'lashga imkoni bo'lmaganda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi va unga bu haqda yozib qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.