Yo'l harakati qoidalari buzilishiga doir ma'muriy ishlarni ko'rib chiqish tartibi (VM qarori №2240)

58-band. IV. Yo'l harakati qoidalarining buzilishi to'g'risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berish va protest bildirish — 58-band

Huquqbuzar o'ziga nisbatan chiqarilgan ma'muriy jazo qo'llash to'g'risidagi qarordan norozi bo'lgan taqdirda, ushbu ma'muriy jazo qo'llash to'g'risidagi qaror ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin. Shuningdek, ma'muriy ish yuzasidan jabrlanuvchi va uning qonuniy vakili hamda advokatlar belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega. Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudiga shikoyat berilishi mumkin. Prokuror ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan DYHXX mansabdor shaxsi qarori ustidan — qaror chiqargan organga (mansabdor shaxsga) yoki yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) protest bildirishi mumkin. Shikoyat ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan qaror qabul qilingan mansabdor shaxs orqali yoki bevosita shikoyat yo'llangan sudga yuboriladi. Huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan qaror chiqargan mansabdor shaxs shikoyatni olgach, uni uch kun ichida ish bilan birga shikoyatni ko'rib chiqish huquqiga ega bo'lgan organ (mansabdor shaxs)ga yuboradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.