Yo'l harakati qoidalari buzilishiga doir ma'muriy ishlarni ko'rib chiqish tartibi (VM qarori №2240)

51-band. III. Yo'l harakati qoidalarining buzilishi haqidagi ishlarni ko'rib chiqish — 51-band

Ma'muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab, davom etayotgan huquqbuzarlik uchun esa huquqbuzarlik aniqlangan kundan boshlab bir yildan kechiktirmay qo'llanilishi mumkin. Jinoyat ishini qo'zg'atish rad etilgan yoki jinoyat ishi tugatilgan bo'lsa-yu, lekin huquqbuzarning harakatlarida ma'muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo'lsa, ma'muriy jazo chorasi jinoyat ishi qo'zg'atishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish to'g'risida, agar Kodeksning 36-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan muddatlar o'tmagan bo'lsa, qaror qabul qilingan kundan e'tiboran bir oydan kechiktirmay qo'llanilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.