Yo'l harakati qoidalari buzilishiga doir ma'muriy ishlarni ko'rib chiqish tartibi (VM qarori №2240)

47-band. III. Yo'l harakati qoidalarining buzilishi haqidagi ishlarni ko'rib chiqish — 47-band

Ma'muriy jazo qo'llash to'g'risidagi qaror elektron hujjat shaklida chiqariladi hamda ijro etish uchun huquqbuzarga yetkazib beriladi. Huquqbuzar o'ziga nisbatan chiqarilgan ma'muriy jazo qo'llash to'g'risidagi qarordan norozi bo'lgan taqdirda, ushbu ma'muriy jazo qo'llash to'g'risidagi qaror ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkinligi haqida ogohlantiriladi. Ma'muriy jazo qo'llash to'g'risidagi qarorning xos raqami va jarima miqdori haqidagi ma'lumotlar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llagan holda huquqbuzarning ejarima.uz veb-saytidagi shaxsiy kabinetiga, «SMS» xabar orqali uning telefoniga yoki pochta xizmati orqali yashash manziliga yuboriladi. Huquqbuzarlik rasmiylashtirilayotgan joyda ma'muriy jazo qo'llash to'g'risidagi qarorni chop etish imkoniyati mavjud bo'lgan taqdirda, qaror qog'ozda chop etilib, huquqbuzarga taqdim etiladi. Huquqbuzar jarima to'lovlarini to'laganidan so'ng to'lov amalga oshirilganligi haqidagi ma'lumotlar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llagan holda huquqbuzarning ejarima.uz veb-saytidagi shaxsiy kabinetiga, «SMS» xabar orqali uning telefoniga yoki pochta xizmati orqali yashash manziliga yuboriladi. Huquqbuzar qarorning ijro qilinganligi haqidagi to'lov varaqasi (kvitantsiya)ni ejarima.uz veb-sayti yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.