Quyidagi holatlar mavjud bo'lgan taqdirda ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni yuritishni boshlash mumkin emas, boshlangan ish esa tugatilishi lozim:
ma'muriy huquqbuzarlik hodisasi yoki alomati yo'q bo'lsa;
huquqbuzarlikni sodir etish paytida shaxs o'n olti yoshga to'lmagan bo'lsa;
huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs aqli noraso bo'lsa;
huquqbuzarlik zaruriy mudofaa holatida yoki oxirgi zarurat holatida sodir etilgan bo'lsa;
shaxs harakatni jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo'rqitish natijasida qilgan bo'lsa;
amnistiya akti chiqishi, agar u ma'muriy jazo chorasini qo'llanishni bekor qilsa;
ma'muriy javobgarlikni belgilovchi hujjat bekor qilingan bo'lsa;
huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish paytiga kelib Kodeksning 36-moddasida nazarda tutilgan muddatlar o'tib ketgan bo'lsa;
ma'muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs xususida shu fakt yuzasidan ma'muriy jazo qo'llanish to'g'risidagi vakolatli organ (mansabdor shaxs) qaror chiqargan bo'lsa yoki ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni tugatish to'g'risida chiqarilgan qaror bekor qilinmagan bo'lsa, shuningdek mazkur fakt yuzasidan jinoyat to'g'risidagi ish qo'zg'atilgan bo'lsa;
shaxs ishi yuritila boshlagan paytda vafot etgan bo'lsa.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati qoidalari buzilishiga doir ma'muriy ishlarni ko'rib chiqish tartibi (VM qarori №2240)
45-band. III. Yo'l harakati qoidalarining buzilishi haqidagi ishlarni ko'rib chiqish — 45-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.