Haydovchilik guvohnomasi olinib, haydovchi istiqomat qilayotgan yoki transport vositasi ro'yxatga olingan joydagi DYHXXga o'ttiz kun ichida yetib kelmagan va talonning amal qilish muddati tugab qolgan hollarda talonning muddatini uzaytirish shu DYHXXning faqatgina ma'muriy amaliyot inspektori yoki bunday vazifa yuklatilgan xodimi tomonidan haydovchiga mazkur Yo'riqnomaning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi ma'lumotnoma rasmiylashtirilib berish orqali amalga oshiriladi. Ma'lumotnoma o'n kun muddatga uch marotaba berilishi mumkin. Agarda ushbu muddatda ham haydovchilik guvohnomasi kelib tushmasa, istisno tariqasida ma'lumotnoma o'n kun muddatga uch marotaba berilishi mumkin.
Ma'lumotnoma berilganligi to'g'risida maxsus kitobga qayd etiladi. Maxsus kitobni yuritish tartibi O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Talon olinib, haydovchi istiqomat qilayotgan yoki transport vositasi ro'yxatga olingan joydagi DYHXXga o'ttiz kun ichida yetib kelmagan taqdirda vaqtinchalik ruxsatnomaning muddati tugab qolgan hollarda uning muddati shu DYHXXning faqatgina ma'muriy amaliyot inspektori yoki bunday vazifa yuklatilgan xodimi tomonidan o'n kun muddatga uch marotaba uzaytirilishi mumkin. Agarda ushbu muddatda ham talon kelib tushmasa, istisno tariqasida vaqtinchalik ruxsatnomaning muddati o'n kun muddatga uch marotaba uzaytirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati qoidalari buzilishiga doir ma'muriy ishlarni ko'rib chiqish tartibi (VM qarori №2240)
19-band. II. Yo'l harakati qoidalarining buzilishi haqidagi hujjatlarni rasmiylashtirish — 19-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.