Yo'l harakati qoidalari buzilishiga doir ma'muriy ishlarni ko'rib chiqish tartibi (VM qarori №2240)

17-band. II. Yo'l harakati qoidalarining buzilishi haqidagi hujjatlarni rasmiylashtirish — 17-band

Kodeksning 290-moddasiga ko'ra sodir etilgan huquqbuzarlik uchun Kodeksga muvofiq transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish tarzida ma'muriy jazo qo'llanilishi mumkin bo'lsa, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi olib qo'yiladi va bu haqda ma'muriy bayonnomaga, shuningdek talonga yozib qo'yilib, talon huquqbuzarga qaytarib beriladi. Agar mazkur bandning birinchi xatboshisida qayd etilgan huquqbuzarlik bo'yicha ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish ko'rib chiqilayotgan davrda takroran transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish jazosi nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganda, huquqbuzarning taloni olinib, unga mazkur Yo'riqnomaning 5-ilovasiga muvofiq shaklda vaqtinchalik ruxsatnoma beriladi. Haydovchi vaqtinchalik ruxsatnoma bilan transport vositasini boshqarish paytida takroran transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish jazosi nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etgan taqdirda unga boshqa vaqtinchalik ruxsatnoma berilib, unda avvalgi vaqtinchalik ruxsatnomaning amal qilish muddati qayd etiladi va bu haqda ma'muriy bayonnomaga yozib qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.