Yo'l harakati qoidalari buzilishiga doir ma'muriy ishlarni ko'rib chiqish tartibi (VM qarori №2240)

16²-band. II. Yo'l harakati qoidalarining buzilishi haqidagi hujjatlarni rasmiylashtirish — 16²-band

Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni tomonlarning yarashuvi munosabati bilan tugatish maqsadida jabrlanuvchi yoxud uning qonuniy vakili yarashuv to'g'risidagi arizani ishni DYHXX mansabdor shaxsi tomonidan ko'rib chiqish vaqtida, shuningdek sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud qaror chiqarguniga qadar berishi mumkin. Arizada yetkazilgan zarar bartaraf etilgani, shuningdek yarashilganligi munosabati bilan ma'muriy huquqbuzarlik haqidagi ish yuritilishini tugatish to'g'risidagi iltimos ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Agar ish bo'yicha bir necha jabrlanuvchi bo'lsa, faqat barcha jabrlanuvchilar bilan yarashuvga erishilgan taqdirda, yarashuv to'g'risidagi ishni yuritish mumkin. DYHXX mansabdor shaxsi arizani qabul qilish chog'ida jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakiliga, agar sud yarashuvni tasdiqlasa, u mazkur ish bo'yicha ish yuritishni qayta tiklash haqida iltimosnoma berish huquqini yo'qotishini tushuntirishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.