Yo'l harakati qoidalari buzilishiga doir ma'muriy ishlarni ko'rib chiqish tartibi (VM qarori №2240)

15-band. II. Yo'l harakati qoidalarining buzilishi haqidagi hujjatlarni rasmiylashtirish — 15-band

Qoidalarni buzish natijasida transport vositalari, yuklar, yo'l va boshqa inshootlarga yoki o'zgalar mol-mulkiga moddiy zarar yetkazilsa, ma'muriy bayonnomaga mazkur Yo'riqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi hodisaning chizmasi, shuningdek hodisa ishtirokchilarining, guvohlarining tushuntirishlari ilova qilinadi. Hodisaning chizmasida transport vositalarining hodisadan keyingi holatini tiklash imkonini beruvchi aniq ma'lumotlar (ularning muqim ob'yektlarga nisbatan holati) ko'rsatiladi. Chizma uni chizgan mansabdor shaxs, haydovchilar, guvohlar yoki xolislar tomonidan imzolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.