Yer kodeksi

85-modda. Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi

(85-модда иккинчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 5 майдаги ЎРҚ-1061-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.05.2025 й., 03/25/1061/0409-сон)

Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari o'z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega: yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish masalalari yuzasidan tekshiruvlar o'tkazish, mazkur masalalar bo'yicha barcha zarur hujjatlarni va materiallarni olish, tuproqning kadastr ma'lumotlariga mosligini aniqlash maqsadida tuproqni tekshirish; yer to'g'risidagi qonunchilik buzilishining sabablari va bunga olib kelgan shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan, barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart bo'lgan ko'rsatmalar (yozma buyruqlar) berish; aybdor mansabdor shaxslarni va fuqarolarni ma'muriy javobgarlikka tortish, yer to'g'risidagi qonunchilik buzilganligi tufayli yetkazilgan zararning o'rnini qoplash, shuningdek o'zboshimchalik bilan egallangan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash va tutash bo'lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish oqibatlarini bartaraf etish bo'yicha da'volar taqdim etish, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun tegishli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdimnomalar yuborish; yer to'g'risidagi qonunchilikni buzganlik uchun yer uchastkalarini olib qo'yish, shu jumladan yerlarni ijaraga berish shartnomalarini muddatidan oldin bekor qilish haqidagi, shuningdek yerlardan foydalanishni cheklash va to'xtatib qo'yishga doir materiallarni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va sudga taqdim etish; yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish masalalari bo'yicha yuridik va jismoniy shaxslardan zarur axborotlar olish, mazkur masalalar yuzasidan davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari va axborotlarini eshitish; yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini olib borish ishlarida qatnashish uchun mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb qilish. Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari va mansabdor shaxslar: yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalanilishini, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari tomonidan yerlarni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunchilikka rioya etilishini belgilangan tartibda tekshirishlari; yo'l qo'yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan o'z vaqtida choralar ko'rishlari; yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bilan bog'liq tadbirlar yuzasidan o'z vakolatlari doirasida ko'rsatmalar berishlari shart. Yuridik va jismoniy shaxslarning yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish borasidagi faoliyati bir yilda ko'pi bilan bir marta tekshirilishi mumkin. Agar organ yerlardan oqilona foydalanmaslik va ularni muhofaza qilmaslik sabablarini bartaraf etish yuzasidan ko'rsatmalar bergan bo'lsa, u belgilangan muddatda mazkur tadbirlarni tekshirishga haqlidir. Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organlar va mansabdor shaxslar o'z faoliyatlarining to'g'ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi uchun qonunchilikka muvofiq javobgar bo'ladilar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.