Yer kodeksi

72-modda. Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga mo'ljallangan yerlar

(72-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 5 майдаги ЎРҚ-1061-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.05.2025 й., 03/25/1061/0409-сон)

Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga mo'ljallangan yerlar jumlasiga davlat qo'riqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qo'riqxonalarining, tabiat bog'larining, davlat tabiat yodgorliklarining, ayrim tabiiy ob'yektlar hamda majmualarni saqlab qolish, takror ko'paytirish va tiklash uchun mo'ljallangan hududlarning, muhofaza etiladigan landshaftlarning, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo'ljallangan hududlarning, davlat biosfera rezervatlarining, milliy bog'larning qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga tabiatni muhofaza qilish maqsadlari uchun berilgan yerlari kiradi. Mazkur yerlarda ulardan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlariga zid bo'lgan har qanday faoliyat taqiqlanadi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga salbiy ta'sirning oldini olish maqsadida davlat qo'riqxonalari, buyurtma qo'riqxonalar va davlat tabiat yodgorliklari atrofida ularning rejimiga rioya etilishini ta'minlashga zararli ta'sir etadigan xo'jalik faoliyati va boshqa faoliyat cheklangan yoki taqiqlangan holda muhofaza zonalari tashkil etiladi. Milliy bog'larning yerlari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yilishiga yo'l qo'yilmaydi. Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga mo'ljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.