Yer kodeksi

68-modda. Qishloq aholi punktlarining yerlari

(68-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Qishloq aholi punktlarining yerlariga yer tuzish tartibida ana shu punktlar uchun belgilab qo'yilgan chegaralar doirasidagi hamma yerlar kiradi. Qishloq aholi punktlarining yerlari jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) qishloq aholi punktlarining qishloqlar va ovullar hududidagi yerlari; 2) qishloq aholi punktlarining qishloq xo'jaligi hamda o'rmon xo'jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hududidagi yerlari. Qishloq aholi punktlarining chegarasi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ularni rejalashtirish, qurish hamda ichki xo'jalik yer tuzish loyihalariga muvofiq belgilanadi va o'zgartiriladi. Qishloq aholi punktlarining yerlaridan foydalanish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. Qishloq aholi punktlarining qishloq xo'jaligi hamda o'rmon xo'jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hududidagi yerlari shahar chegarasiga kiritilgan taqdirda, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar tarkibidan chiqariladi va shaharning tegishli yerlari tarkibiga kiritiladi. Bunda ayrim binolar va inshootlar, ularni obodonlashtirish uchun zarur bo'lgan yer uchastkalari bilan birga, qishloq xo'jaligi hamda o'rmon xo'jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining xohishiga ko'ra o'zlarida doimiy foydalanish yoki ijara uchun qoldirilishi mumkin, qolgan binolar va inshootlarning qiymati hamda shu aholi punktlari hududida qilingan boshqa xarajatlar esa yer egalariga va yerdan foydalanuvchilarga mahalliy byudjetdan to'lanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.