Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar tumanlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradi:
tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona va samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
ushbu Kodeksning 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda jismoniy va yuridik shaxslar bilan yer uchastkalarini ijaraga berish shartnomasini tuzish;
yer tuzishni, yerlarning monitoringini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;
yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarning hamda ularga oid bitimlarning davlat ro'yxatiga olinishini, davlat mulkida bo'lgan bo'sh turgan yerlarning hisobga olinishini tashkil etish;
yer munosabatlarini tartibga solish sohasida tumanlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlari jumlasiga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.
lex.uz’dagi asl matn6-modda. Tumanlar davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
(6-модданинг олтинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 5 майдаги ЎРҚ-1062-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.05.2025 й., 03/25/1062/0410-сон)
Oddiy tilda
**Tumanlar hokimiyatining yer munosabatlari bo'yicha vakolatlari**
Nimani anglatadi
Tuman hokimiyati organlari o'z hududida yerlardan to'g'ri foydalanish, ularni saqlash va unumdorligini oshirish ishlarini boshqaradi. Ular yerlarning davlat ro'yxatini yuritadi, monitoring o'tkazadi va zarur qonuniy hujjatlarni tayyorlaydi.
Kimga tegishli
Bu vakolatlar tuman hokimiyati organlariga, xususan hokimlik va uning yer munosabatlari bo'yicha tashkilotlariga tegishli.
Amalda
Agar tuman hokimiyati bo'sh turgan davlat yerini qishloqda yo'l qurilishi uchun ajratsa, u avval shu yerning davlat kadastriga olinishini tashkil etadi, keyin yer tuzish ishlarini boshqaradi va monitoringini o'tkazadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.