Yer kodeksi

58-modda. Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarni qishloq xo'jaligi va boshqa yo'nalishdagi korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarga berish

(58-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 6 июндаги ЎРҚ-775-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.06.2022 й., 03/22/775/0477-сон)

Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar qishloq xo'jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga ushbu Kodeksning 24-moddasida belgilangan tartibda beriladi. Qishloq xo'jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarni berish xo'jalik faoliyati uchun qulay chegaralarda amalga oshiriladi. Qishloq xo'jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari foydalanishidagi yer uchastkalarining tarqov, o'zga yerlarga suqulib kirgan bo'lishiga va boshqa kamchiliklarga ega bo'lishiga, qoida tariqasida, yo'l qo'yilmaydi. Qishloq xo'jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari foydalanishidagi yerlarning tarqov, o'zga yerlarga suqulib kirgan bo'lishini va boshqa kamchiliklarni bartaraf etish xo'jaliklararo yer tuzish tartibida amalga oshiriladi
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.